TDT Bosh kotibi Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi Bosh kotibini qabul qild

TDT Bosh kotibi Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi Bosh kotibini qabul qild

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O'muraliev 27-oktabr kuni Istanbuldagi Turkiy davlatlar kotibiyati binosida, Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi Bosh kotibi Ramil Hasanni qabul qildi.

Uchrashuv davomida, Kubanichbek O'muraliev Ramil Hasanni TURKPA Bosh kotibi etib saylangani bilan tabrikladi va unga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.

Kubanichbek O'muraliev va Ramil Hasan Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi va unga tegishli tashkilot TURKPA doirasidagi tadbirlarni muhokama qilishdi va Turkiy davlatlar parlamentlari o'rtasidagi munosabatlarning muhimligini ta'kidladilar.

Shuningdek, tomonlar TURKPA faoliyati va Turkiy davlatlar hamkorlik tashkilotlari muvofiqlashtirish qo'mitasi doirasidagi hamkorlik haqida ham fikr almashdilar.