30. Sanoat, fan, texnologiya va innovatsiyalarda (SFTI) hamkorlik
30. Sanoat, fan, texnologiya va innovatsiyalarda (SFTI) hamkorlik

Maqsadlar

Turkiy Davlatlar tashkilotining (TDT) sanoat, fan, texnologiya va innovatsiyalar (SFTI) sohasidagi hamkorligidan maqsad: qo‘shma tadqiqotlar, innovatsiyalar va sanoat rivojlanishini rag‘batlantirish, raqamli va yashil transformatsiyani kuchaytirish hamda, barqaror o‘sish va raqobatbardoshlikni qo‘llab-quvvatlaydigan yanada kuchli innovatsion ekotizimni yaratishdir.


Mexanizmlar

Vazirlar va ishchi guruh yig‘ilishlari

2024-yil 25-26-oktabr kunlari Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Sanoat va texnologiyalar vazirligi mezbonligida, Vazirlar va ishchi guruhning 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  • Vazirlar Istanbul deklaratsiyasini qabul qilgach: ilmiy-tadqiqot, kichik va oʻrta biznes, innovatsion ekotizimlar, yashil va raqamli transformatsiya, metrologiya, mahsulot xavfsizligi, standartlashtirish, sanoat mulki va kosmik texnologiyalar sohalarida keng qamrovli hamkorlik kun tartibini belgiladilar.
  • Amalga oshirish rejasi tasdiqlanib, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha kichik ishchi guruhlar tashkil etishga qaror qilindi.

2025-yilda Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida Vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Istanbul deklaratsiyasini amalga oshirish davom ettiriladi va kelishilgan “Harakat rejasi” doirasidagi rivojlanishlar baholanadi.

  

Loyihalar

  • Tadqiqot va ishlanmalar bo‘yicha hamkorlik – qo‘shma loyihalar, tajriba almashish, ilmiy va texnologik hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun moliyalashtirish mexanizmlarini o‘rganish.
  • Ilmiy tadqiqot va stipendiya dasturlari – aʼzo hamda kuzatuvchi davlatlar oʻrtasida stipendiyalar va talabalar almashinuvi dasturlarini oʻrnatish.
  • Sanoatda sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya - SI ilovalari va sanoat ishlab chiqarishida raqamli rivojlanish dasturlari bo‘yicha hamkorlik.
  • Innovatsion ekotizimlarni rivojlantirish – aʼzo davlatlarda TEKNOFEST va texnologiya festivallarini tashkil etish, texnoparklar oʻrtasidagi hamkorlik, yoshlar uchun fan va texnologiya dasturlari. 
  • Investitsiya jamg‘armasi va tadbirkorlik – venchur kapitali bo‘yicha hamkorlikka ko‘maklashish, boshlang‘ich sheriklik va “Investitsiya va savdo hamkorlik platformasi”ni tashkil etish.
  • KOBI (kichik va o‘rta biznes)ni rivojlantirish – Turkiyaning TEKMER modeli, sanoat KOBI korxonalarini rag‘batlantirish va TDT KOBI anglashuv memorandumini kuzatish kabi yaxshi amaliyotlarni almashinuvini targ‘ib qilish. 
  • Metrologiya – O‘qitish dasturlari va Turkiy davlatlar mintaqaviy metrologiya tashkilotini (TURKMET) tashkil etish rejasi.
  • Mahsulot xavfsizligi – muvofiqlik, bozor nazorati, tekshirish tizimlari va sinov infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish.
  • Standartlashtirish va muvofiqlikni baholash – texnik maslahat, laboratoriya hamkorligi, o‘qitish, “Halol” sifati infratuzilmasini mustahkamlash va standartlarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha loyihalar.
  • Sanoat hamkorligi va sanoat mulki – sanoat zonalarida hamkorlik, sanoat mulki bo‘yicha ekspertlar almashinuvi, intellektual mulk huquqlari bo‘yicha yo‘riqnomalar (IPR) va Qo‘shma Turk Patent Tashkilotini (KTPO) tashkil etish taklifi.
  • Koinot texnologiyalari – Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanishni rag‘batlantirish, tajriba almashish, birgalikda salohiyatni oshirish va Koinot texnologiyalari konferentsiyalari orqali hamkorlik qilish (Turkiya 2024, Ozarbayjon 2025).

Umumiy baholash

SFTI doirasi ilm-fan va texnologiyani sanoat rivojlanishi bilan birlashtirgan istiqbolli hamkorlik platformasidir. Bu platforma, 2025-yilda Bokuda boʻlib oʻtadigan ikkinchi vazirlar yigʻilishi qoʻshma tashabbuslarni kengaytirish, yangi loyihalarni maʼqullash, aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning strategik texnologiyalar sohalarida integratsiyalashuvini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.


So‘nggi Yangilanish: 15:21:12