Ko‘p tomonlama siyosiy hamkorligimizning tobora kuchayib borayotgan aniq natijalaridan biri bu diasporalarimiz o‘rtasidagi hamkorlikdir. A’zo davlatlarning jahon miqyosidagi qiyofasini yaxshilash va ularning yashash joylaridagi jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatishda faol rol o‘ynashga intilish — Turkiy davlatlar tashkilotining asosiy maqsadlari qatoridadir.
Ushbu tushunchadan kelib chiqqan holda, TDT hozirgacha Diaspora ishlari bo‘yicha vazirlar va muassasa rahbarlarining oltita yig‘ilishini hamda TDTga a’zo davlatlarning tegishli muassasalari ekspertlaridan iborat yettita Aloqa guruhi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu yig‘ilishlarda a’zo davlatlar o‘rtasida qo‘shma harakatlar va hamkorlik masalalari muhokama qilindi. TDT davlatlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida “Turkiy diasporasi bo‘yicha Qo‘shma Harakatlar Strategiyasi” qabul qilindi. Strategiya hujjatida turkiy diasporalarining maqsadlari, asosiy ustuvor yo‘nalishlari va kelgusidagi yo‘nalishlari belgilab berildi. Shuningdek, a’zo davlatlar har yili atrof-muhitda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan birgalikdagi yondashuvni shakllantirish maqsadida “Qo‘shma Harakat Rejalari”ni ishlab chiqmoqda. Bundan tashqari, uch marta “Turkiy diasporasi forumi” o‘tkazildi. Bu forumlarda dunyoning turli burchaklaridan kelgan diaspora NNT vakillari, olimlar, biznes vakillari, jurnalistlar va talabalar ishtirok etib, diasporalarimiz duch kelayotgan hozirgi muammolar, kelajakdagi ehtiyojlar va kutilyotgan natijalar muhokama qilindi.
Yuqarida tilga olingan asosiy hujjatlarda belgilangan yo‘nalishlarga asoslanib, TDT a’zo va kuzatuvchi davlatlarning markaziy diaspora muassasalari o‘rtasida muntazam “Tajriba almashinuvi” va “Amaliyot dasturlari”ni tashkil etib kelmoqda. Ushbu uchrashuvlar muassasalarga o‘zlarining huquqiy asoslari, tashkiliy tuzilmalari, mamlakat ichida va tashqarisidagi faoliyati bo‘yicha ma’lumot va tajriba almashish imkonini beradi. Shuningdek, dasturlar davomida boshqa davlat muassasalari diaspora jamoalari uchun olib borayotgan faoliyati haqida taqdimotlar o‘tkazadi. Germaniya (Berlin) va AQSH (Nyu-York)da ikki marotaba “Salohiyatni oshirish bo‘yicha trening” dasturlari o‘tkazilib, xorijdagi diaspora NNT vakillarini birlashtirish, ularning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsad qilingan.
TDT “3 oktyabr – Turkiy davlatlar hamkorligi kuni” va “Navro‘z” bayramlarini TDTga raislik qilayotgan davlatning elchixonasi tomonidan boshqa poytaxtlarda diplomatik korpus, a’zo va kuzatuvchi davlatlarning diaspora vakillari, hamda mezbon mamlakat rasmiylari ishtirokida tantanali qabul bilan nishonlaydi. Shuningdek, Budapeshtdagi TDT vakolatxonasi tomonidan ham shunday tadbirlar o‘tkaziladi.
TDT diaspora yoshlari, ishbilarmonlari va olimlarini maxsus dasturlar orqali birlashtirib, ular o‘rtasida yaxshiroq hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni va ularni TDT doirasidagi faol hamkorlikka jalb qilishni maqsad qilgan. Shu maqsadda, TDT “Diaspora yoshlari forumi” tashabbusini boshlagan bo‘lib, unda uchinchi mamlakatlarda yashovchi turkiy diasporasi yoshlari maxsus oromgohlarda to‘plangan holda ularning asosiy ehtiyojlari va kutayotgan natijalari o‘rganiladi, shuningdek, kelajakdagi yo‘nalishlar muhokama qilinadi.
So‘nggi Yangilanish: 15:17:05




