Maqsadlar
Tashkilotimizning asosiy hujjatlari, xususan, “Turk dunyosi – 2040” Vizyon hujjati va 2022–2026 yillar uchun TDT strategiyasida a’zo davlatlarning milliy va qo‘shma siyosatida atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi, tabiiy va texnogen ofatlarning oldini olish va ularga munosabat bildirish hamda ularning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar ko‘zda tutilgan.
Mexanizmlar
Aʼzo davlatlar va kuzatuvchilar hududidagi muhim institutlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan suv resurslarini boshqarish, sug‘orish, qurg‘oqchilikning oldini olish va boshqa ekologik masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish maqsadida, 2022-yil 10-noyabr kuni Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Kotibiyati va Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi o‘rtasida Turkiy davlatlar tashkilotining Qurg‘oqchilikka qarshi kurash instituti tashkil etilishi bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur institut Tashkilotning Budapeshtdagi vakolatxonasi huzurida faoliyatini boshlagan.
Bundan tashqari, Kotibiyat tashabbusi bilan, 2024-yil 14-noyabr kuni Boku (Ozarbayjon) shahrida BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (UNFCCC)ga aʼzo davlatlar konferensiyasining 29-sessiyasi (COP 29) doirasida Turkiy davlatlar tashkilotining Atrof-muhit va ekologiya uchun mas’ul vazirlarining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ilk yig‘ilish ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha TDТ doirasida yangi hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘ydi.
Tuzilma Asoslari
Quyidagi asosiy hujjatlar Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida ekologiya va atrof-muhit sohasidagi hamkorlik bo‘yicha qabul qilindi:
- Turkiy Yashil Tashabbusi: Barqaror Kelajak uchun Hamjihatlik hujjati 2024-yil 6-noyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi, Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan TDТning 11-Sammiti doirasida imzolandi;
- TDТga aʼzo davlatlarning Atrof-muhit va Ekologiya uchun mas’ul vazirlarining birinchi yig‘ilishi bayonnomasi.
So‘nggi Yangilanish: 10:46:25




