23. Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarni boshqarish organlari o‘rtasidagi hamkorlik
23. Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarni boshqarish organlari o‘rtasidagi hamkorlik

2021-yil noyabrda Istanbulda oʻtkazilgan Turk Davlatlari Tashkilotining 8-sammitida davlat rahbarlari tabiiy ofatlar taʼsirini yumshatish va tiklanishga hissa qoʻshish maqsadida izlash, qutqarish va reabilitatsiya boʻyicha qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish uchun “TDT Fuqaro Muhofazasi Mexanizmi” nomi ostida tabiiy ofatlarga qarshi kurash boʻlinmasini tashkil etishga qaror qilishdi.

2022-yil dekabrda Anqarada oʻtkazilgan TDT Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boʻyicha 1-Vazirlar uchrashuvida vazirlar Mexanizmning imkon qadar tezroq tashkil etilishi boʻyicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

2023-yil 16-martda Anqarada oʻtkazilgan TDT Favqulodda sammitida davlat rahbarlari Fuqaro Muhofazasi Mexanizmi tashkil etilishi toʻgʻrisidagi qarorni imzolab, tegishli idoralarga “TDT Fuqaro Muhofazasi Mexanizmi” ning tashkil etilishi toʻgʻrisidagi bitimni yakunlash boʻyicha koʻrsatma berdilar.

2023-yil sentabrda Bokuda TDT Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boʻyicha 2-Vazirlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuv doirasida Bokuda “Boku–2023 Xalqaro mashgʻulotlari” oʻtkazildi va unda TDT Fuqaro Muhofazasi Mexanizmining amaliy faoliyati kuzatildi.
“TDT Fuqaro Muhofazasi Mexanizmi” ning tashkil etilishi toʻgʻrisidagi Bitim 2024-yil 6-noyabrda Bishkekda imzolandi.


So‘nggi Yangilanish: 10:32:25