Qabul qilingan operatsion tamoyillarga muvofiq, Turk davlatlari tashkiloti (TDT) Aʼzo davlatlar o‘rtasidagi mavjud ikki tomonlama hamkorlikni ko‘p tomonlama hamkorlikka aylantirishni maqsad qilgan. Shu maqsadda, avvalo mavjud yoki ehtimoliy hamkorlikdagi to‘siqlar aniqlanadi; so‘ngra ushbu to‘siqlarni bartaraf etish va hamkorlikni yangi yo‘nalishlarda rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Shu munosabat bilan, Tashkilotning barcha hamkorlik sohalarida Aʼzo davlatlarning ekspertlaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi. Ushbu guruhlar tomonidan qabul qilingan qarorlar alohida hujjatda qayd etiladi va sinchkovlik bilan kuzatiladi. Butun ish yagona muvofiqlikda olib boriladi va takrorlanishlarning oldi olinadi.
Tashkilot Aʼzo va Kuzatuvchi davlatlari o‘rtasida 20 dan ortiq yo‘nalishlarda — iqtisodiyotdan tortib transport va bojxona, energetikadan qishloq xo‘jaligi, taʼlimdan yoshlar va sport, raqamlashtirishdan adliya va xavfsizlik, madaniyatdan turizm va sog‘liqni saqlashgacha bo‘lgan sohalarda ko‘p yo‘nalishli hamkorlikni taʼminlaydi. TDT aʼzo va kuzatuvchi davlatlar farovonligi uchun konkret qadamlar tashlab, quyidagi kabi turli loyihalar va tashabbuslarni ilgari surmoqda: Turk Savdo-sanoat palatasi, Turk Sarmoya jamg‘armasi, Trans-Kaspiy transport yo‘lagi, Qardosh portlar jarayoni, Sog‘liqni saqlash ilmiy kengashi, Zamonaviy Ipak yo‘li va Tabarruk Ziyorat loyihalari, Orxun jarayoni, yoshlar va sport loyihalari.
(Ushbu bo‘lim yangilanmoqda va so‘nggi maʼlumotlar kiritilmoqda)


































