Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (EKO)

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (EKO)

1964-yilda Eron Islom Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi va Turkiya Respublikasi tomonidan Mintaqaviy Taraqqiyot Hamkorligi (RCD) sifatida tashkil etilgan Forum, 1985-yilda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (ECO) deb qayta nomlangan.

ECO hududida 460 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi va bu hudud 8 million kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallaydi. U shimolni janub bilan, janub va sharqni gʻarb bilan, Osiyoni Yevropa va Yevrosiyo orqali Arab dunyosi bilan bogʻlaydi. Kavkaz, Janubiy, G‘arbiy va Markaziy Osiyoning ayrim davlatlaridan tashkil topgan ECO hukumatlararo eng qadimiy tashkilotlardan biridir.

Tashkilotning asosiy va muhim maqsadi — Mintaqada barqaror iqtisodiy taraqqiyotni uzluksiz rivojlantirish uchun qulay va mos sharoitlar yaratish, A’zo davlatlarning umumiy farovonligi va salomatligiga erishishni ta’minlashdir.