Turkiy Investitsiya Fondi

Turkiy Investitsiya Fondi

Turkiy Investitsiya Fondi (TIF) — Turkiy davlatlari o‘rtasidagi birinchi o‘zaro moliyaviy institut bo‘lib, 2023-yil 16-mart kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan TDTning Favqulodda sammitida imzolangan bitim asosida tashkil etilgan.

Fond TDTga a’zo davlatlarning iqtisodiy salohiyatini safarbar etadi, savdo va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi hamda mintaqaviy rivojlanishga xizmat qiluvchi qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Turkiy Investitsiya Fondi — Turkiy davlatlar tomonidan tashkil etilgan ilk va asosiy moliyaviy institut bo‘lib, 600 million AQSh dollari miqdoridagi yetkazilgan kapitalga ega. Fond TDTga a’zo davlatlarning iqtisodiy salohiyatini safarbar etish, ular o‘rtasida iqtisodiy va savdo aloqalarini kuchaytirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Hozirgi kunda Fondda olti a’zo davlat va ikki kuzatuvchi davlat ishtirok etmoqda. A’zo davlatlar: Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Turkiya va O‘zbekiston.

Yaqin yillarda Fondning kapitali sezilarli darajada oshirilishi rejalashtirilgan. Fond kichik va o‘rta biznes (KOB) loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda yordam berishga alohida e’tibor qaratadi. U quyidagi sohalarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi:

  • Qishloq xo‘jaligi (ozuqavot sanoati, agro-biznes, agroparklar va boshqalar),
  • Logistika va transport,
  • Energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari,
  • Ishlab chiqarishga oid sanoat loyihalari (to‘qimachilik, avtomobilsozlik, farmatsevtika va tibbiy asbob-uskunalar, aviatsiya uskunalari, kimyo sanoati va boshqalar),
  • Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari,
  • Turizm,
  • Infratuzilmani rivojlantirish loyihalari,
  • Xususiy kapital ishtirokida davlat loyihalarini amalga oshirish,
  • Inson salohiyatini rivojlantirish,
  • Kreativ sanoat (raqamli iqtisodiyot, madaniy faoliyatlar, musiqa, kino, dizayn va boshqalar),
  • Startap loyihalari va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash,
  • Tabiiy va shahar ekologik loyihalari (suv, chiqindilar va h.k.).

https://www.facebook.com/turkicinvestfund   https://www.linkedin.com/company/turkicinvestfund/

Manzil:

Huzur mahallasi, Ozarbayjon ko‘chasi 4-uy

Skyland Office B bloki, 4-qavat, 67–72-xonalar

Sariyer, Istanbul, Turkiya

Telefon: +90 212 800 45 00