Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi 2025-yilgi Berlin tashqi tiyosat forumida ishtirok etmoqda

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi 2025-yilgi Berlin tashqi tiyosat forumida ishtirok etmoqda

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O'muraliyev 25-noyabr kuni Germaniya taklifiga binoan Berlinda bo'lib o'tgan Berlin tashqi tiyosat forumida ishtirok etdi.

Har yili "Korber jamg'armasi" tomonidan Germaniya Federal tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Forum Germaniya va Yevropa tashqi siyosatiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun platforma bo'lib xizmat qiladi.

2025-yilgi Forumni Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vaziri janob Yoxann Vadeful ochib berdi. Ishtirokchilar Yevropa va global xavfsizlik, xalqaro hamkorlik, energetika o'tish davri, raqamli transformatsiya va Forum kun tartibidagi boshqa sohalardagi muhim voqealarni muhokama qilishdi.

Forum doirasida Bosh kotib davlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar, tahlil markazlari vakillari bilan uchrashdi. Shu bilan bir qatorda, Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligining davlat kotibi janob Bernhard Kotsch, Italiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri janob Luigi Di Maio va "Korber jamg'armasi" ijroiya kengashi raisi doktor Tomas Paulsen bilan fikr almashdi. Tomonlar o'zaro manfaatli masalalarni muhokama qilishdi va muloqotni davom ettirish bo'yicha kelishib olishdi.