Xalqaro multimodal transport forumi Toshkentda bo’lib o’tdi.

Xalqaro multimodal transport forumi Toshkentda bo’lib o’tdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) tomonidan Logistika markazlari va yuk tashuvchilar assotsiatsiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro multimodal transport forumi 12-noyabr kuni Toshkentda muvaffaqiyatli shaklda o'tkazildi. Forum O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan TDTning Bishkek va Gabala sammitlarida ilgari surilgan tashabbusga muvofiq boshlandi.

Tadbirda 400 dan ortiq ishtirokchi, jumladan; davlat va xususiy sektor vakillari, yetakchi transport va logistika kompaniyalari hamda, Turkiy dunyo va undan tashqaridagi ishbilarmonlar ishtirok etdi. Forum axborot, konstruktiv g'oyalar almashish va multimodal transport yo'laklarini rivojlantirish bo'yicha qo'shma tashabbuslarni muhokama qilish uchun dinamik platforma bo'lib xizmat qildi. TDT bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O’muraliyev o'zining ochilish nutqida bunday platformalar hukumatlar va xususiy sektorni birlashtirish, amaliy yechimlarni ishlab chiqish va strategik yo'nalishlar o'rtasida muvofiqlashtirishni kuchaytirish borasida katta hissa qo'shishini ta'kidladi.

Bosh kotib O'rta yo'lak nafaqat masofa va samaradorlik, balki yuk tashish xavfsizligi va yo'nalishlarning xilma-xilligi nuqtai nazaridan ham muhimligini ta'kidladi. U O'rta yo'lak tez sur'atlar bilan o'sib borayotganini ta'kidlab, yuk tashish hajmi 2024-yilda 4,5 million tonnaga yetganini, 2023-yildagi 2,7 million tonnadan oshganini va 2027-yilda 10 million tonnaga yetishi prognoz qilinayotganini ta'kidladi.

Forum doirasida Turkiy davlatlar transport vazirlari, Xalqaro tashkilotlar vakillari, sohaning yetakchi kompaniyalari va mutaxassislari tomonidan taqdimotlar qilindi. Ishtirokchilar quyidagi sessiyalarda ishtirok etishdi:

- Transport aloqasini ta'minlashda O'rta karidorning ahamiyati: transport yo'nalishlari, qo'shma operatorlar, logistika markazlari va multimodal transport markazlarini yaratish;
- Port va quruqlik infratuzilmasini, dengiz transportini rivojlantirish: global tendentsiyalar, mintaqaviy muammolar va logistika zanjirlarini o'zgartirish;
- Elektron hujjatlashtirishga o'tish: xalqaro transportchilikda joriy etish va integratsiya;
- Chegaradan o'tish va jarayonlarini soddalashtirish: muammolar va yechimlar.

Tadbir, Turkiy davlatlarning mintaqaviy transport aloqalarini mustahkamlash, logistika tarmoqlarini modernizatsiya qilish va barqaror, samarali hamda hamkorlikdagi multimodal transport yechimlarini ishlab chiqishdagi qarashlarda umumiy ko'rishda ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.