Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning yoshlar va sport masalalari bo‘yicha mas’ul vazirlarining IX-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning yoshlar va sport masalalari bo‘yicha mas’ul vazirlarining IX-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlarning yoshlar va sport masalalari bo‘yicha mas’ul vazirlarining IX-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

TDT Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O‘muraliyev yig‘ilishdagi so‘zlagan nutqida, 2025-yil mobaynida sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va uning ahamiyati haqida ma’lumot berdi. Shuingdek, elchi janoblari bu boradagi aniq loyiha va tashabbuslarga e’tibor qaratib, bu sa’y-harakatlar Turkiy dunyo yoshlari o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashini ta’kidlab o'tdi.