TDT Sanoat, fan, texnologiya va innovatsiyalarga mas’ul 2-vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

TDT Sanoat, fan, texnologiya va innovatsiyalarga mas’ul 2-vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

24-oktabr kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining Sanoat, fan, texnologiya va innovatsiyalarga mas’ul 2-vazirlar yig‘ilishi, “Turkiy davlatlarning strategik sheriklikdan texnologik integratsiyaga” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

A’zo davlatlar yangilangan 2025–2026-yillar harakat rejasi va qo‘shma bayonotni qabul qilish orqali, Turk dunyosida innovatsiyani rivojlantirish, raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlash hamda, sanoat sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasidagi majburiyatlarini yana bir bor tasdiqladilar.