Tashqi ishlar vazirlari kengashining (TIV) 12-yig‘ilishi Ozarbayjonning Gabala shahrida bo‘lib o‘tdi

Tashqi ishlar vazirlari kengashining (TIV) 12-yig‘ilishi Ozarbayjonning Gabala shahrida bo‘lib o‘tdi

Tashqi ishlar vazirlari kengashining (TIV) 12-yig‘ilishi 7-oktabr kuni Ozarbayjonning Gabala shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) 12-sammiti doirasidagi bo‘lib o‘tdi.

Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov mezbonlik qilgan bu uchrashuvda, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev, Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto va TDT bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O'muraliyev qatnashdi.