Tinchlik uchun Sharm-al-Shayx sammiti bo‘yicha TDT Bosh kotibining bayonoti

Tinchlik uchun Sharm-al-Shayx sammiti bo‘yicha TDT Bosh kotibining bayonoti

AQSH, Turkiya, Qatar va Misrning diplomatik sa’y-harakatlari natijasida o‘t ochishni to‘xtatish tartibi o‘rnatilganidan so‘ng jahon yetakchilari ishtirokida 2025-yil 13-oktyabrda bo‘lib o‘tgan Tinchlik yo‘lidagi Sharm-ash-Shayx sammitini olqishlayman va o‘t ochishni to‘xtatish tartibi G‘azodagi harbiy harakatlar va aziyatlarning butunlay to‘xtatilishiga, shuningdek, G‘azoga gumanitar yordamning zudlik bilan va to‘siqsiz kiritilishiga xizmat qilishiga umid qilaman.

shbu qiymmatli imkoniyatdan tomonlar yaqin kelajakda falastinliklar va isroilliklarning tinchlik hamda xavfsizlikda yonma-yon yashashiga imkon beradigan ikki davlat yechimini amalga oshirish uchun foydalanishi mumkinligiga chin dildan ishonch bildirib qolaman.