Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Meksika Xalqaro taraqqiyot hamkorligi agentligi (AMEXCID) va Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan hamkorlik uchrashuvlarini o'tkazdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Meksika Xalqaro taraqqiyot hamkorligi agentligi (AMEXCID) va Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan hamkorlik uchrashuvlarini o'tkazdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O'muraliyev, Meksika Qo'shma Shtatlariga bo'lgan ishchi tashrifi doirasida, Meksika xalqaro taraqqiyot hamkorligi agentligi (AMEXCID) Maxsus loyihalar va xalqaro taraqqiyot hamkorligi jamg'armalari bosh direktori Mario Alexandro Mendoza Kastaneda va Meksika Qishloq xo'jaligi va qishloq xo'jaligini rivojlantirish vazirligining Xalqaro aloqalar bo'yicha bosh koordinatori Santyago Ruy Sanches de Orellana bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar, Meksika va TDT o'rtasida qishloq xo'jaligidagi innovatsiyalar, tadqiqot muloqotlari, barqarorlik va oilaviy fermer xo'jaligini rivojlantirish kabi sohalarda hamkorlik imkoniyatlari haqida fikr almashdilar. Shuningdek uchrashuvda, AMEXCIDning xalqaro hamkorlik doiralari va Qishloq xo'jaligi vazirligining qishloq va barqaror rivojlanish dasturlari orqali ishlab chiqilishi mumkin bo'lgan potentsial loyihalar muhokama qilindi.