Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O'muraliyev 31-oktabr kuni Istanbulda Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an homiyligida "Global qayta tiklash: eski tartibdan yangi voqelikka" mavzusida bo'lib o'tgan 9-TRT World Forumining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Prezident Erdo'g'an tomonidan ochilgan forum 35 mamlakatdan 132 nafar malakali ma'ruzachi va 2000 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi va global muammolarga innovatsion yechimlarni izlaydigan xalqaro platforma sifatida o'zini namoyon qildi. Dunyo va mintaqamiz boshdan kechirayotgan qiyin davrlarni hisobga olgan holda, forum tinchlik, xavfsizlik va o'zgaruvchan global tartib bo'yicha inklyuziv muloqot muhitini yaratdi.
Ochilish sessiyasida Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an global o'zgarishlar nuqtai nazaridan, Turkiyaning muloqot va hamkorlikka oid qarashlarini bayon qiluvchi nutq so'zladi. Tadbir doirasida, Bosh kotib O'muraliyev mavqedoshlari bilan muzokaralar olib bordi va tushdan keyingi tematik sessiyalarda ishtirok etdi.







