TDT Bosh kotibi Toshkent xalqaro universitetiga tashrif buyurdi

TDT Bosh kotibi Toshkent xalqaro universitetiga tashrif buyurdi

13-noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O’muraliyev Turkiy universitetlar ittifoqining (TURKUNIB) 2025–2026-yillardagi raisligini o'z zimmasiga olgan Toshkent xalqaro universitetiga (TXU) tashrif buyurdi.

Tashrif davomida elchi O’muraliyev TXU rektori Iskandar Yo'ldoshev bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar universitetning TURKUNIB muddatli raisligini samarali amalga oshirishi va Turkiy universitetlar o'rtasida akademik hamkorlikni mustahkamlash yo'llari bilan bog'liq masalalarni muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, TURKUNIBning yangi rasmiy veb-sayti Bosh kotibga taqdim etildi va tomonlar saytni tez orada ishga tushirishga kelishib oldilar. Ma'lumki, TXU 2025-yil 15-oktabr kuni Toshkentda TURKUNIBning 8-Bosh assambleyasiga mezbonlik qildi va shu munosabat bilan Turkiy dunyoda ta'lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim bosqichga imzo chekdi.