2025-yil 2-iyun kuni Istanbul shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Bosh kotibi janob Kubanychbek Omuraliev O‘zbekiston Respublikasi Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidagi diplomatik missiyasini yakunlagan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar qo‘mitasi raisi etib tayinlangan janob Alisher Agzamxo‘jayevni Tashkilot kotibiyati binosida qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar TDT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
TDT Bosh kotibi janob Alisher Agzamxo‘jayevni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.




