Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O'muraliyev 27-oktabr kuni Istanbuldagi TDT Kotibiyati binosida Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Turkiyadagi elchisi Said Tani Al-Zaherini qabul qildi.
Tomonlar tashkilotning joriy kun tartibi va istiqbolli rejalari bo'yicha muhokamalar o'tkazdilar. Shuningdek, TDT va BAA o'rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini o'rganish bo'yicha batafsil ma'lumot almashdilar.
Tomonlar, shuningdek, xalqaro siyosat kun tartibida yuqori o'rin tutadigan mintaqaviy va global o'zgarishlar haqida ham fikr almashdilar.




