Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, elchi Kubanichbek O’muraliyev Euronews telekanaliga bergan intervyusida Turkiy davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi o‘sib borayotgan iqtisodiy va savdo aloqalarini, mintaqaning jadal rivojlanishini hamda strategik salohiyatini ta’kidladi. Shuningdek, TDTning amalga oshirayotgan faoliyatlari hamda Gabala shahrida bo‘lib o‘tgan sammit haqida ham ma’lumot berdi.




