TDT Bosh kotibi Toshkentda jurnalistlarga ma’lumot berdi

TDT Bosh kotibi Toshkentda jurnalistlarga ma’lumot berdi

15-16 oktyabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan TURKUNIB 8-umumiy assambleyasi va “Qoraxoniylar, Alp Er To'nganing (Afrosiyob) nevaralari: Turkiy-Islom dunyosi Qoraxoniylar davrida” mavzusidagi xalqaro konferensiyadan soʻng, TDT Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O'muraliyev matbuotga bayonot berdi. U jurnalistlarga mazkur uchrashuvlarning yakunlari, shuningdek, TDTning so‘nggi faoliyati, jumladan, Ozarbayjonning Gabala shahrida bo‘lib o‘tgan TDT 12-sammitining asosiy natijalari haqida ma’lumot berdi.