2025-yil 27–31-may kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida mashhur manaschi Sayakbay Karalayevning 130 yilligiga bag‘ishlangan 8-Xalqaro Jahon Xalqlari Eposlari Festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival ochilishida Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri muhtaram Adilbek Kasimaliyev nutq so‘zladi. Tadbir turli davlatlardan kelgan siyosatchilar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, olimlar, rivoyatchilar va madaniyat vakillarini bir joyga jamladi.
Tadbirda ishtirok etgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Bosh kotibining o‘rinbosari doktor Mirvohid Azimov Festival doirasida tashkil etilgan tanlovning “Eng yaxshi o‘tov” nominatsiyasi g‘olibiga TDT Bosh kotibi nomidan sertifikat topshirdi.








