Turkiy davlatlar 2025-yil ikkinchi choragi bo'yicha iqtisodiy istiqbollari hisoboti e'lon qilindi.
Ozarbayjon iqtisodiy islohotlar va kommunikatsiyalarni tahlil qilish markazi (CAERC) tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) ko'magida tayyorlangan hisobotda mintaqaviy o'sish sur'ati, savdo hajmining ortishi, strategik investitsiyalar hamda yashil va raqamli transformatsiya sohasidagi hamkorlikning chuqurlashishi ta'kidlangan. Hisobotni quyidagi havolada topishingiz mumkin.




