cngz_9036_optimized.jpg

Tashkilotning logosi va bayrog‘ida A’zo Davlatlarning milliy bayroqlari elementlari aks ettirilgan.

Turk Davlatlari Tashkilotining (avvalgi nomi Turk Kengashi) logosi va bayrog‘i 2012-yil 22-avgust kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Tashkilotning II. Sammiti oldidan Tashqi ishlar vazirlari kengashining matbuot anjumanida jamoatchilikka taqdim etilgan.

Logotip va bayroq Tashkilotga a’zo davlatlarning milliy bayroqlaridagi elementlarni o‘z ichiga oladi.

Shu asosda: logotip va bayroq — Ozarbayjon Respublikasining bayrog‘idagi yulduz, Qozog‘iston Respublikasining bayrog‘idagi ko‘k rang, Qirg‘iz Respublikasi bayrog‘idagi quyosh va Turkiya Respublikasining bayrog‘idagi yarim oy elementlaridan tashkil topgan.

Turk Davlatlari Tashkilotining bayrog‘i a’zo davlatlar bayroqlari bilan birgalikda 2012-yil 12-oktabrda Istanbul shahrida Tashkilot binosida Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev va Turkiya Respublikasining 11-Prezidenti Abdulloh Gül tomonidan tantanali ravishda ko‘tarilgan.