“21-asrning Porloq Yulduzi: Turkiy Davlatlar Tashkiloti” nomli kitob, 2023-yil 3-noyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti Davlat Rahbarlari Kengashining 10-sammitiga bag‘ishlab, Turkiya Respublikasi Prezidentligi Aloqa boshqarmasi tomonidan nashr etilgan:
https://www.iletisim.gov.tr/images/uploads/dosyalar/21_YUZYILIN_PARLAYAN_YILDIZI_TDT.pdf
Kitobning kirish qismini Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an yozgan bo‘lib, unda Turkiya va Turkiy Davlatlar Tashkiloti a’zolari o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalariga asoslangan tarixiy aloqalar yoritilgan. Mazkur aloqalar iqtisodiyotdan madaniyatgacha, transportdan energetikagacha, sog‘liqni saqlashdan ta’limgacha, ommaviy axborot vositalaridan fan va texnologiyalargacha bo‘lgan ko‘plab sohalarni qamrab olgan.




