Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining “Diplomatiya Olami” jurnalining Turk Kengashiga bag‘ishlangan Maxsus soni

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining “Diplomatiya Olami” jurnalining Turk Kengashiga bag‘ishlangan Maxsus soni

Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Diplomatiya Olami” jurnali Turk Kengashi Kotibiyati bilan hamkorlikda, Turk Kengashidagi Ozarbayjon raisligiga bag‘ishlangan maxsus sonini e’lon qildi.
Ushbu son Turk Kengashi haqida umumiy ma’lumot, uning huquqiy asoslari, hamkorlik yo‘nalishlari, Ozarbayjon Respublikasi bilan bo‘lgan aloqalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Jurnalda, shuningdek, Turk Kengashi Bosh kotibi Bag‘dod Amreev va Turk Kengashiga aloqador boshqa tashkilot rahbarlarining maqolalari ham joy olgan.
Bosh kotib Bag‘dod Amreevning “Ozarbayjon raisligi davrida Turk Kengashining ortib borayotgan ta’siri” nomli maqolasida, ayniqsa 2019-yil 15-oktabr kuni Ozarbayjonda o‘tkazilgan Turk Kengashining 7-Sammiti natijalari hamda 2020-yil 10-aprelda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash doirasida Ozarbayjon Prezidenti Muhtaram Ilhom Aliyev tashabbusi bilan o‘tkazilgan Tashkilot tarixidagi birinchi Favqulodda Sammit faoliyati yoritib berilgan.
Bosh kotib, shuningdek, Turk Kengashi va butun Turk dunyosi har doim Ozarbayjonning pozitsiyasini va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani, Armaniston qurolli kuchlarining Ozarbayjonning bosib olingan barcha hududlaridan zudlik bilan, hech qanday shartsiz va to‘liq chiqishini talab qilgani, tinch aholiga qarshi qaratilgan hujumlarni qat’iy qoralagani va 44 kunlik Vatan urushi davomida Ozarbayjon bilan birdamlikda bo‘lganini alohida ta’kidlagan.
Material yakunida Bosh kotib, 2020-yilda xavfsizlik va sog‘liqni saqlash bo‘yicha tahdidlarga Turk Kengashi va a’zo davlatlarning bergan javobi Turk dunyosining xalqaro inqirozlarga qarshi tezkor va hamkorlikdagi yondashuvini namoyon qilganini, umumiy tahdidlarga qarshi mintaqaviy birdamlik va yagona ovozning ahamiyati ortib borayotgani orqali Tashkilotning mintaqaviy va global tinchlik va barqarorlikka qo‘shayotgan hissasi kuchayganini ta’kidlagan.

Yuklab olinadigan PDF fayl quyida taqdim etilgan.